O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

194 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasi, yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqaro cho‘natagidan chiqqan “Tramadol” va “Lirika” yozuvli tabletkalar fosh qilindi

Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahri Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga doir navbatdagi holat fosh qilindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro I.D. boshqaruvidagi “Lada Vesta” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida va belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtomashinaga xorijda ishlab chiqarilgan, ammo sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi bironta ham hujjati bo‘lmagan 1200 dona “Minoxodil” nomli dori vositalari ortilgani maʼlum bo‘ldi.

Shu tariqa, soch o‘stirish uchun mo‘ljallangan mazkur dori vositalari 144 million so‘mga pullanayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

“Mersedes-Benz”dagi dorilar manzilga yetib bormadi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Namangan-Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro I.M. boshqaruvidagi “Mersedes-Benz” rusumli yuk avtomashinasi belgilangan tartibda to‘xtatilib, avtomashina yukxonasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chikarilgan umumiy qiymati qariyib 50 million  so‘mlik 500 quti  “Montalin” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Urganchga kelayotgan “Kobalt” yo‘lovchisi cho‘ntagida 5 dona “Tramadol” hamda 1 dona kapsulada “Lirika” yozuvli tabletkalar borligi aniqlandi.

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida, “Toshkent-Urganch” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Natijada, avtomashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqaro I.M.ning cho‘ntagidan 1 dona oq rangli selofan paketga o‘ralgan 0,2 gramm “Opiy” giyohvandlik moddasi, 5 dona “Tramadol” hamda 1 dona kapsulada “Lirika” yozuvli tabletkalar borligi aniqlandi.

Shuningdek, fuqaro I.M.ga tegishli polietilen sumkadagi 2 dona o‘ramda 153,5 gramm bo‘lgan “Opiy” giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech