O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

16-Xalqaro ixtisoslashtirilgan sog‘liqni saqlash ko‘rgazmasi - "MedExpo Kyrgyzstan 2022" o‘z ishini boshladi

Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida “Qirg‘izistonda salomatlik haftaligi” doirasida (joriy yilning 4-5-6 aprel kunlari) bo‘lib o‘tadigan 16-xalqaro kongress-ko‘rgazma forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimni Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Dori vositalari va tibbiy buyumlar departamenti vakili Jildiz Osmonaliyeva ochib berdi va o‘z nutqida forum qantashchlariga omad tiladi.

Eslatib o‘tamiz, dunyoning 8 mamlakatidan 70 dan ortiq kompaniya vakillari tashrif buyurgan mazkur forumda, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan mamlakatimizdan ham bir qator mahalliy ishlab chiqaruvchi va distribyutor kompaniyalar ishtirok etishmoqda.

Jumladan, "XPmed medical", "Optima Sobirjon", "Uzgermed pharm" QK, "Nika Pharm", "Dentafill Plyus", “Rossa”, "Samarkand England Eco-Medical", "Chori plast", "Merrymed pharm" kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ko‘rgazma stendidan o‘rin egallagan.

Uch kun davomida bo‘lib o‘tadigan ushbu forum davomida ishtirokchilar xalqaro miqyosdagi maʼruzachilarning interaktiv taqdimotlari, ixtisoslashgan mutaxassislarning maslahatlari, turli kasalliklarning ekspress diagnostikasi bilan tanishishlari bilan birgalikda tibbiyot sanoati, estetik tibbiyot, tibbiy markazlar uchun zamonaviy uskunalarni ishlab chiqarish va tarqatish bo‘yicha tajribali mutaxassislardan foydali maslahatlar olishi hamda sohadagi yangiliklar bilan yaqindan tanishishlari mumkin bo‘ladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech