O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Mamlakat va jamiyat taraqqiyoti hamda uning barqarorligida davlat ramzlarining alohida o‘rni bor. Shu maʼnoda, milliy bayrog‘imiz davlat va jamiyat hayoti, uning jahon hamjamiyatidagi o‘rni hamda rolini ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, har birimiz uchun iftixor timsoli hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi “Bayrog‘im faxrim, iftixorim, g‘ururim!” shiori ostidagi chellenjda ishtirok etib, istiqlolimiz ramziga ehtirom bildirishdi.

Aytish joizki, shu kunlarda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tizimidagi barcha tashkilotlarda ulug‘ sana munosabati bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech