O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

2021 yilda 7490 turdagi 1 578 500 o‘ram dori vositalari va tibbiy buyumlar ekspertizadan o‘tkazildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUK 2021 yil 12 oy davomida sifatsiz, kontrafakt, yaroqlilik muddati tugagan farmatsevtik mahsulotlar yuzasidan aniqlangan holatlar bo‘yicha maʼlumot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi huquqni himoya qilish idoralari tomonidan Davlat markazining Huquqni muhofaza qilish organlari murojaatlari bilan ishlash bo‘limiga 1048 ta murojaat xati kelib tushgan. Mazkur murojaatlarga ko‘ra, 7490 turdagi 1 578 500 o‘ram dori vositalari va tibbiy buyumlarda ekspertiza ishlari o‘tkazilgan bo‘lib, natijada:

     - 1618 turdagi 72774 o‘ram yorliqlash bo‘yicha meʼyoriy hujjatlar talablariga mos kelmaydi (kontrafakt);
     - 24 turdagi 13785 o‘ram qalbakilashtirilgan dori vositalari (Tebantin, Aktemra, Somnol®, Zardeks, Diprospan®, Ursosan, Serebrolizin®, Reduksin, Spirt, Menovazin, Layboten, Neoton, Tiotsetam, L-Lizina Essinat®, Mildronat, Aktovegin, Retabolil Remdesevir (covifor), Aktovegin, Spirt, Layfon, Tropikamid, Tridoks, Zardeks) bir necha marotaba takrorlangan.
     - 396 turdagi 2794 o‘ram dori vositalari va tibbiy buyumlar yaroqlilik muddatlari tugagan (sifatsiz);
     - 2578 turdagi 709347 o‘ram dori vositalari va tibbiy buyumlar
 davlat ro‘yxatidan o‘tmagan;
     - 2874 turdagi 779 800 o‘ram dori vositalari va tibbiy buyumlar
 muvofiqlik sertifikatlari mavjud emasligi aniqlangan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Davlat markazi tomonidan yuqoridagi aniqlangan holatlar bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishi uchun Huquqni muhofaza qilish organlariga maʼlumotlar taqdim qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni 20-moddasidaga muvofiq cifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech