O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

2021 yilning 2-yarmi bo‘yicha Axborot xizmati rahbarlari faoliyati samaradorligi reytingi eʼlon qilindi

2022 yilning yanvar-fevral oylarida Agentlik tomonidan respublika darajasidagi 139 ta tashkilot va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda 206 ta tuman va shahar hokimliklari matbuot kotiblarining 2021-yil II yarim yillikdagi faoliyati samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalarimustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan amalga oshirildi. Mazkur hujjatda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga axborot xizmatlari rahbarlari faoliyati samaradorligini baholash va ularning reytingini eʼlon qilib borish vazifasi yuklangan.

Topshiriqqa asosan 2019 yil 3-oktyabrda “Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida 3187-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Ushbu nizomga ko‘ra, Agentlik uch yildan buyon davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari matbuot kotiblarining jamoatchilikka O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va topshiriqlarining ijrosi, olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalari haqida tezkor, xolis hamda birinchi manbaa sifatida to‘liq axborot yetkazishi, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan faol muloqot o‘rnatishi, eʼlon qilinayotgan tanqidiy materiallarga o‘z vaqtida va sifatli munosabat bildirishi borasidagi faoliyatini o‘rganib, baholab kelmoqda.

Nizomga ko‘ra axborot xizmatlari rahbarlari faoliyatini baholashda:

– axborot xizmati rahbari faoliyati ish hajmi (o‘tkazgan matbuot tadbirlari, ularda ommaviy axborot vositalarining ishtiroki taʼminlangani, yoritilish qamrovining kengligi hamda bir vaqtning o‘zida tadbirlarni ijtimoiy tarmoqlarda onlayn efirlar orqali jamoatchilikka yetkazib berish borasidagi talablar);

– axborot xizmati rahbari ish faoliyati sifati (matbuot tadbirlariga professional yondashuv, birinchi rahbarning ishtiroki, axborotni yetkazib berishda turli instrumentlardan foydalangan holda infografika, foto, video, audio va matn shaklida jamoatchilikka taqdim etish mahorati);

– axborot xizmati rahbari ish samaradorligi (tashkilot haqidagi axborotni radio/televideniye, gazeta va jurnallar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va veb-saytlar imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalangan holda yorita olishi, tashkilot mutasaddi bo‘lgan sohalardagi muammolarni ko‘ra bilishi va o‘z resurslarida eʼlon qilishdagi tashabbuskorligi, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan materiallarga munosabat bildirishdagi tezkorligi, muayyan axborot voqeligi munosabati bilan rasmiy bayonot (shu jumladan video formatida) berishi, amalga oshirilayotgan ishlarning xorijiy ommaviy axborot vositalarida yoritishi kabi bir qator yo‘nalishlar asosiy mezon qilib olindi.

Shunga ko‘ra, 2021 yil dekabr oyiga qadar Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xulosalari asosida axborot xizmati rahbari lavozimiga rasman tasdiqlanib, faoliyat yuritib kelgan respublika darajasidagi 139 nafar matbuot kotibidan 45 nafarining ish natijalari yuqori, 57 nafariniki o‘rta, 33 nafariniki qoniqarli, 4 nafarining faoliyati past darajada, deya baholandi.

Tegishli Nizom talablariga muvofiq, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha axborot xizmati rahbarlari 2021 yilning ikkinchi yarmida band etgan o‘rniga ko‘ra quyidagi ketma-ketlikka asosan yuqori natija qayd etdi:

☑️ markaziy tashkilotlar yo‘nalishida Oliy Majlis Senati (M.Ibodov), Markaziy bank (A.Nazarov), Bosh prokuratura (X.Shamsutdinov), Markaziy saylov komissiyasi (J.Usmanov);
☑️ vazirliklar 
yo‘nalishida Xalq taʼlimi (L.Rustamova), Adliya (S.Urinbayeva), Bandlik va mehnat munosabatlari (M.Mirzayeva), Sog‘liqni saqlash (F.Sanayev), Ichki ishlar (Sh.Giyasov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish (Sh.Axmatov), Tashqi ishlar (Yu.Kabuljanov), Favqulodda vaziyatlar (M.Sadikov), Energetika (E.Bekmurodova), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash (S.Boymirzayeva), Maktabgacha taʼlim (M.Asqarxo‘jayeva), Investitsiyalar va tashqi savdo (G.Botirova), Innovatsion rivojlanish (N.Abduqunduzova), Turizm va sport (hozirgi Turizm va madaniy meros) (L.Raxmanbayeva) vazirliklari;

☑️ davlat qo‘mitalari va qo‘mitalar yo‘nalishida Davlat statistika (U.Abdurasulov), Davlat bojxona (N.Calomov), Davlat soliq (M.Nazarov) qo‘mitalari;
☑️ agentliklar yo‘nalishida Davlat xizmatlari (S.Zokirova), Prezident taʼlim muassasalari (D.Sobirova), “O‘zarxiv” (A.Aliyev), Yoshlar ishlari (N.Abduqodirov), Korrupsiyaga qarshi kurashish (D.Ochilova), Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish (M.Togoyeva), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish (Q.Begmatova), Kadastr (N.Atamuratov) agentliklari;
☑️ inspeksiyalar yo‘nalishida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Sh.Xo‘jaqulov);
☑️ markazlar 
yo‘nalishida Gidrometeorologiya xizmati markazi (M.Asqarova);
☑️ aksiyadorlik jamiyatlari va kompaniyalar
yo‘nalishida “Hududgaztaʼminot” (M.Mametova), “Issiqlik elektr stansiyalari” (M.Bekmuxammedov), “O‘zbekneftegaz” (S.Xashimov), “O‘zkimyosanoat” (M.Xaitova), “O‘zsuvtaʼminot”  (A.Murodov), “O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi” (H.Tillaboyev), “O‘zbektelekom” (T.Mamadjanov), “O‘zbekiston temir yo‘llari” (A.Baltabayev) aksiyadorlik jamiyatlari va kompaniyalari;

☑️ uyushmalar yo‘nalishida “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi (F.Kalonov);
☑️ mahalliy davlat hokimiyati organlari 
yo‘nalishida Samarqand viloyati (M.Mirzayev), Buxoro viloyati (O.Jo‘rayev), Xorazm viloyati (O.Adambayev), Farg‘ona viloyati (D.Djumabayev) hokimliklari, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (A.Ajimuratov);
☑️ 
tuman va shahar hokimliklari yo‘nalishida To‘rtko‘l (M.Bekchanova), Xo‘jayli (B.Xojanov), Qiziltepa (A.Umedov), Bulung‘ur (A.Jabbarov), Jomboy (O.Odilov), Samarqand (B.Xonkeldiyev), Denov (F.To‘rayeva), Sho‘rchi (N.Shoyeva), Ohangaron (E.Utbasov), Uchtepa (T.To‘rayev) tumanlari hamda Buxoro (G.Ibrohimova), Samarqand (A.Po‘latov), Kattaqo‘rg‘on (J.Nosirov), Olmaliq (D.Ro‘ziyeva) shaharlari hokimliklari.

Mazkur tashkilotlar axborot xizmatlari tomonidan axborotni zamonaviy format, onlayn va keng qamrovli usulda ommaviy axborot vositalari (radio/televideniye, gazeta, ijtimoiy tarmoqlar, mobil messenjerlar va veb-saytlar) orqali foydalanuvchilarga infografika, foto, audio, video va matn shakllarida, muayyan belgilangan vaqt oralig‘ida yetkazib berish;

- sohaga doir muammolarni birinchi manba sifatida olib chiqish (o‘zini o‘zi tanqid qila olish);
- ijtimoiy tarmoqlarda mavzuga aloqador voqea-hodisalarga tezkor munosabat bildirish va o‘z rasmiy sahiflarida yoritish;
- tashkilot va u bilan bog‘liq jarayonlarni aholiga yetkazishda video va matn shaklidagi bayonotlar bilan chiqishlar qilish;
- xorijiy ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonning sohaga doir imijini oshirishga qaratilgan materiallarni keng eʼlon qilib borgani aniqlandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech