O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

2021 yilning 30 mart kuni “International” mehmonxonasida O‘zbekiston - Vengriya biznes forumi bo‘lib o‘tadi

Xabaringiz bor, joriy yilning 16-17 fevral kunlari O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Vengriyaga tashrifi haqida maʼlumot bergan edik.

Tashrif doirasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va “PHARMAPOLIS” innovatsion farmatsevtika klasteri o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangandi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarining mantiqan davomi sifatida bugun Vengriya delegatsiyasi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurishadi. Tashrif dasturidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Vengriya biznes forumi va ishbilarmonlar kengashi doirasida 2021 yilning 30 mart kuni “International” mehmonxonasining "Crystal Ballroom" zalida B2B va G2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda farmatsevtika sohasidagi barcha mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Manzil: International Hotel
Vaqti: 2021 yil 30 mart, soat 10:00

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech