O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

2022 yilning birinchi choragida 74 ta holat bo‘yicha dori vositalari ekspertizadan o‘tkazildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUK 2022 yil 1 chorak davomida kontrafakt, qalbakilashtirilgan va sifatsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar yuzasidan aniqlangan holatlar bo‘yicha maʼlumot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi huquqni himoya qilish idoralari tomonidan Davlat markazining Huquqni muhofaza qilish organlari murojaatlari bilan ishlash bo‘limiga 74 ta murojaat xati kelib tushgan bo‘lib, mazkur murojaatlarga ko‘ra, 41 turdagi kontrafakt dori vositalari, 12 turdagi qalbakilashtirilgan dori vositalari va 21 turdagi sifatsiz dori vositalari aniqlangan. (Ro‘yxat bilan batafsil bu yerda tanishasiz)

Ushbu holatlar bo‘yicha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Davlat markazi tomonidan Huquqni muhofaza qilish organlariga tegishli maʼlumotlar taqdim qilingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni 20-moddasidaga muvofiq cifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech