O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Davlat dasturidagi vazifalar ijrosi bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining III ustuvor yo‘nalishi 22-maqsadi 85-bandi bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 barobar oshirish masalalari muhokama qilingan yig‘ilishni Oliy Majlis qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP Fraksiyasi raisi o‘rinbosari, Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, yo‘nalish bo‘yicha ishchi guruh rahbari Durbek Ahmedov ochib berdi.

So‘ngra Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevning “Farmatsevtika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 3 barobar ko‘paytirish va mahalliy bozorni taʼminlash darajasini 80 foizga yetkazish” mavzuidagi taqdimoti tinglandi.

Yig‘ilish yakunida Agentlik hamda Oliy majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi aʼzolari, deputatlar o‘rtasida muzokaralar olib borildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech