O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

21-iyun. Lester, Buyuk Britaniya

Farmatsevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi direktori Ulug‘bek Egamov va De Montfort universiteti rektori professor Keti Normington hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladilar. Kelishuvda Farmatsevtika texnik universitetida farmatsiya, kosmetika fanlari va sanoat menejmenti bo‘yicha Britaniya akademik dasturlarini joriy qilish ko'zda tutilgan.

 Professor Keti Normington FTUni transmilliy ta'lim borasida DMUning asosiy xalqaro hamkori sifatida ko'rishini ta’kidladi. Loyihaning ahamiyatli tomoni shundaki, FTU O'zbek yoshlariga kundan-kun dolzarblashib borayotgan STEM yo'nalishidagi ta’limdasturlarini taklif qiladi. Bitiruvchilar mintaqada farmatsevtika sohasini yaxshilashga o’z hissalarini qo’shadilar.

Tashrif davomida agentlik delegatsiyasi Buyuk Britaniya, Shvetsiya, BAA, Qozog'iston, Filippin va boshqa mamlakatlar qatorida "TNE" simpoziumida ishtirok etdilar.
O’zbekistondagi oliy ta'lim tendensiyalari, xususan farmatsevtika sanoati va Tashkent Pharma Park loyihasi doirasidagi FTU rivojiga bag'ishlangan taqdimot simpozium ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Shu bilan birga, Farmatsevtika texnik universiteti, DMU tomonidan tasdiqlangan tabiiy fanlar umumta’lim kursini 2023 yil sentyabr oyida boshlashi tasdiqlandi. Ushbu umumta'lim kursidan so'ng, talabalar MSc Farmatsiya dasturida o’qishni davom ettiradilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech