O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

22-iyun. Sanderlend, Buyuk Britaniya

Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi direktori Ulug‘bek Egamov va Farmatsevtika texnik universiteti (FTU) rektori v.v.b. Abdumalik Djumanov, Sanderlend universiteti (UoS) prorektori Devid Bell va boshqaruv vakillari bilan uchrashdilar.

UoS - biokimyo, biotibbiyot fanlari, farmatsevtika biotexnologiyasi va sanoat elektronikasini o’z ichiga olgan Hayot fanlari va Texnologiya fakultetini rivojlantirish bo’yicha FTU bosh hamkoridir.

Umumta’lim kursi va doktorantura dasturlari, hamda FTUning tadqiqot markazlari va salohiyatini takomillashtirishga qaratilgan hamkorlik muzokaralari olib borildi. Muzokaralar davomida agentlik direktori, "Jon Douson" ilmiy majmuasi va Texnologiya fakulteti binosi va faoliyati bilan tanishdi.

2023-yil sentabr oyida universitet UoS tomonidan tasdiqlangan biologik va farmatsevtika fanlari umumta’lim kurslarida ta’lim berishni boshlaydi. Bu dasturlar talabalarni biokimyo va biotibbiyot fanlari boʻyicha bakalavr dasturlariga tayyorlaydi.

Universitetga qabul davom etmoqda
https://phtu.uz/apply-students

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech