O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

7 aprel — Butunjahon salomatlik kuni O‘zbekistonda keng nishonlanmoqda

So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi salomatligini mustaxkamlash, kasalliklarning oldini olish va erta tahsil qo‘yish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada ko‘plab qonun hujjatlari qabul qilinib, ularni izchil bajarish natijasida sog‘liqni saqlash sohasi tubdan isloh qilinib, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, yangi texnologiyalar joriy qilish, aholi salomatligini muhofaza qilish muassasalarining faoliyatini tizimli tashkil qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish hajmi va assortimentini kengaytirish, ularning sifati xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlash masalalari diqqat markaziga qo‘yilmoqda.

Ushbu saʼy-harakatlarning natijadorligi 7 aprel kuni Andijon shahri Alisher Navoiy istirohat bog‘ida o‘tkazilgan salomatlik saylida yaqqol namoyon bo‘ldi.

“Tibbiyotdagi islohotlar— inson qadri uchun!” shiori ostida tashkil etilgan bu tadbirda viloyatdagi farmatsevtika maxsulotlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar xam faol qatnashdilar. Jumladan, ular tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini bepul dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech