O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

82,7 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari manzilga yetib bormadi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.M. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida sifati kafolatlanmagan 50 dona “Slideron”, 100 dona “Stanhep” nomli dori vositalari,  172 dona ko‘zoynaklar, 101 dona himoya shlemlari va 520 dona nomli virus blokatorlar borligi aniqlandi.

Ashyoviy dalil sifatida olingan 48,4 million so‘mlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari avtomashinada yo‘lovchi sifatida harakatlanayotgan fuqaro N.S.ga tegishli ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Yana bir holatda fuqaro Yu.F. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv davomida, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro X.Sh. tomonidan umumiy qiymati 34,2 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan va sifati kafolatlanmagan dori vositalari olib ketilayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech