O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Ayol jurnalistlar va matbuot kotiblari diqqatiga!

 Ayol jurnalistlar va matbuot kotiblari diqqatiga!

Ma’lumki, bugungi kunda ayollar onkologik kasalliklari orasida eng ko‘p tarqalgani ko‘krak bezi saratoni hisoblanadi.

Buning oldini olishda eng muhim omillardan biri so‘zsiz mazkur xastalikni erta diagnostika qilishdir.

 Ko‘krak bezining kichik o‘smalarini ham yuqori texnologik raqamli uskuna – mammografda olingan rentgen tasviri - mammografiya yordamida aniqlash mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va zamonaviy mammografik tizim ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan mahalliy “TSMT” kompaniyasi bilan hamkorlikda MAXSUS AKSIYA e’lon qiladi!

 Navbatdagi "Ko‘krak bezi saratonining erta diagnostikasi” ijtimoiy loyihasi jurnalist ayollar va matbuot kotiblari uchundir. Ular zamonaviy jihozlangan tibbiyot xonalarida yuqori texnologik raqamli uskuna yordamida tekshiruvdan o‘tib, malakali mammolog-shifokordan bepul maslahat olish imkoniga ega bo‘ladilar.

Manzil: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Markaziy poliklinikasida
 Vaqti: 18 dekabrdan-23 dekabrga qadar
soat 15:00 dan-17:00 gacha
(ko‘rikdan o‘tish AOKA va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi ro‘yxatiga asosan amalga oshiriladi)

Eslatib o‘tamiz, loyihaga 16 oktyabr kuni start berilgan bo‘lib, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ bilan hamkorlikda bir oy davomida o‘tkazilgan edi.

Aziz ayollar sog‘lig‘ingizga bee’tibor bo‘lmang!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech