O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Agentlikda Qozog‘istonning “Dolce Pharm” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Agentlikda Qozog‘istonning “Dolce Pharm” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida mazkur kompaniya ta’sischisi shifoxonalarda ishlatiladigan tibbiy buyumlarning ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Xususan ko‘p marta qo‘llaniluvchi tibbiy buyumlardan foydalanish natijasida kelib chiquvchi muammolarga alohida urg‘u berdi. Shuningdek, jahon talablariga mos bo‘lgan bir martalik tibbiy buyumlardan foydalanishning moddiy va ijtimoiy afzalliklari to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bildirib, O‘zbekiston Respublikasida ham “Dolce Pharm” tibbiy buyumlar ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish bo‘yicha takliflar berdi. Agentlik rahbariyati, bu masalada mazkur kompaniya bilan xamkorlik qilish istagini bildiruvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan aloqa o‘rnatishda amaliy yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech