O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish, qayta ishlash va ularning tibbiyotdagi ahamiyati” mavzusidagi ilmiy amaliy seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 1 iyun sanasida poytaxtimizning Sirg‘ali tumanida joylashgan “Flowers garden” ko‘rgazma maydonida dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish hamda qayta ishlashni tashkil etish, dorivor o‘simliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etishni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, kasalliklarning oldini olish va davolashda dorivor o‘simliklarni keng qo‘llash maqsadida "Shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish, qayta ishlash va ularning tibbiyotdagi ahamiyati" mavzusida ilmiy amaliy seminar o‘tkazildi.

Savdo-sanoat palatasi Dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilarni qo‘lab-quvvatlash bo‘limi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda tegishli vazirlik va idoralar jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Biorganik kimyo instituti, Xalq tabobati markazi, Genomika va bioinformatika markazi hamda Toshkent davlat agrar universitetidan tashrif buyurgan mutasaddilar, soha mutaxassislari shuningdek mahalliy tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida “Dorivorchilik sohasini rivojlantirish, ilm-fan va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar”, “Dorivor o‘simliklar asosida dori vositalari va ularning tibbiyotdagi ahamiyatini o‘rganish borasida ilm-fan yutuqlari” “Fuqarolar salomatligini taʼminlashda xalq tabobatining rolini oshirish borasidagi vazifalar” mavzusida taqdimotlar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech