O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekistondagi ilk GLP sertifikati DVSIM laboratoriyasiga taqdim qilindi

Joriy yilning 28 sentyabr sanasida “Zarur amaliyotlar markazi” DUK tomonidan yurtimizda faoliyat yuritayotgan 4 ta ishlab chiqaruvchi korxonaga GMP, 3 ta distribyutorga GDP va ilk bor  klinik oldi tadqiqotlar laboratoriyasiga GLP sertifikatlari  taqdim  etildi. 

Xususan, O‘zbekiston–Rossiya–Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi bo‘lgan "Reka-Med Farm" MCHJ QK katta hajmli suyuq dori shakllarini; Markaziy Osiyodagi yirik farmatsevtik kompaniyalardan biri bo‘lgan "Merry Med Farm"  MCHJ nosteril dori vositalarini; 5 ta farmakologik guruhga mansub dori vositalarini ishlab chiqaruvchi "OKS MASSAGET"  MCHJ ham nosteril dori vositalarini va  10 yildan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan "ATM SANITA PHARMA" MCHJ XK steril dori vositalarini ishlab chiqarish liniyasi uchun GMP sertifikatini qo‘lga kiritdi.  

Mahalliy va chet eldan keltirilgan dori vositalari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi "Curatio Pharm" MCHJ va “PHARMHEALTH” MCHJ XK hamda tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi "Aziya Pharm Lyuks"  MCHJ distribyutorlik faoliyati uchun GDP sertifikatiga ega bo‘ldi.      

Dunyoning yetuk ilg‘or kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari va Merk kompaniyasining 400 dan ortiq kimyoviy reagentlari bilan taʼminlangan "Dori Vositalarini Standartlashtirish Ilmiy Markazi"  MCHJ ga O‘zbekistonda birinchi bo‘lib dori vositalarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish va sifatini nazorat qilish, farmatsevtik faoliyatlarini amalga oshirish uchun GLP sertifikati topishirildi.

Eslatib o‘tamiz,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-55-son farmoniga muvofiq farmatsevtika tarmog‘i va respublika sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning bari 2024 yil 1 yanvarga qadar zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashdan o‘tishlari darkor.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech