O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Ilmiy-tadqiqot markazi rivoji yo‘lida Shveysariya kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda.

Ilmiy-tadqiqot markazi rivoji yo‘lida Shveysariya kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Shvesariyaning "Slate Mountain Capital" kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zaro muloqotlar davomida "Slate Mountain Capital" kompaniyasi vakili Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlik o‘rnatishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov "Slate Mountain Capital" vakillariga "Toshkent Pharma Park" aksiyadorlik jamiyatining joriy loyihalari, hamkorlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuv samarasi o‘laroq o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech