O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

FarmaTsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida KOTRA notijorat tashkiloti rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

FarmaTsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida KOTRA notijorat tashkiloti rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

50 yildan buyon jahonning ko‘zga ko‘ringan kompaniyalariga Koreya Respublikasi bilan biznes aloqalarini rivojlantirishga ko‘maklashib kelayotgan KOTRA kompaniyasi bilan bo‘lgan uchrashuvda qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, joriy yilning aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Sog‘liqni saqlash – TIHE 2024» Toshkent xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasi borasida muzokaralar olib borildi.

Ko‘rgazma davomida mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan aloqa o‘rnatishda Agentlik tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi. Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etiladigan forumni o‘tkazish bo‘yicha takliflar berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelajakda hamkorlikni davom ettirib, O‘zbekiston farmasevtika sohasi vakillaridan iborat delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifini amalga oshirish borasida kelishib oldilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech