O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Korrupsiyaga qarshi kurashishga doir amaldagi normativ-xuquqiy hujjatlar bilan tanishtirish yuzasidan onlayn o‘quv seminar o‘tkazildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Korrupsiyaga qarshi kurashishga doir amaldagi normativ-xuquqiy hujjatlar bilan tanishtirish yuzasidan o‘quv seminar o‘tkazildi

Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat organlari va tashkilotlarida mavjud vakant lavozimlarga xodimlarni onlayn tarzda ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi joriy etilgani haqida maʼlumot bergan edik.

Mazkur tartibga muvofiq, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligidagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun talabgorlarning ochiq tanlovi onlayn tarzda Agentlikning “Youtube”dagi rasmiy sahifasida efirga uzatilib kelinmoqda hamda ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlargina ishga qabul qilinmoqda.

Joriy yilning 12 may sanasida Agentlikning Komplayens, moliyaviy nazorat va ichki audit xizmati tomonidan 2022 yilning o‘tgan davrida Agentlik markaziy apparati va hududiy bo‘linmalariga yuqoridagi tartib asosida ishga yangi qabul kilingan xodimlar uchun Korrupsiyaga karshi kurashish buyicha normativ-xuquqiy hujjatlar bilan tanishtirish yuzasidan onlayn o‘quv seminari tashkil qilindi. 

O‘quv seminarida xodimlar tomonidan o‘z ish faoliyatlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi normativ-huquqiy xujjatlar talablariga rioya qilish yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

Ushbu o‘quv-seminari bilan qo‘yidagi havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech