O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov “NIKA PHARM” MCHJ bosh direktori Sergey Kim va ishlab chiqarish bo‘yicha direktori Shohruh Abdusalimzodalar bilan biznes uchrashuvini o‘tkazdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov “NIKA PHARM” MCHJ bosh direktori Sergey Kim va ishlab chiqarish bo‘yicha direktori Shohruh Abdusalimzodalar bilan biznes uchrashuvini o‘tkazdi.

Kompaniya vakillari “Sprey, sashe, tabletka, kapsula, shuningdek, pellet (qattiq dori vositalarining yangi turi, granulalar) shaklidagi dori vositalarini "Tashkent Pharma Park" innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasteri hududida ishlab chiqarish” loyihasiga qiziqish bildirdilar.

Agentlik rahbariyati mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, loyihani amalga oshirish uchun qo‘yilishi zarur bo‘lgan qadamlar, Tashkent Pharma Park klasteri ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar borasida tushuntirishlar berdi.

Ma’lumot uchun:
2006 yilda asos solingan “NIKA PHARM” hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi farmasevtika bozoridagi yetakchi kompaniyalardan sanaladi. Korxona terapevtik, kardio-, gastro-, nevro-preparatlarni, shuningdek, gripp va shamollashga qarshi hamda ayollar va erkaklar salomatligi uchun preparatlar portfellarini original reseptlar asosida ishlab chiqaradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech