O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

"Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

“O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda dastlab, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 10 aprel kuni imzolangan “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra aynan 21 oktyabr kuni O‘zbek tili bayrami nishonlanishi haqida so‘zlandi. Bu sana barchaga, xususan farmatsevtika sohasida faoliyat kursatadigan mutaxasislarga ham o‘zbek tiliga bo‘lgan munosabatlarini tahlil va tafakkur etish masʼuliyatini yodga solishi taʼkidlandi. 

Maʼnaviy – maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha direktorning maslahatchisi Muhabbat Ibragimova ona tilimiz – o‘zbek tiliga davlat miqyosida qaratilayotgan eʼtiborning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda yana O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining maslahatchisi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, shoir va tarjimon Aziz Said mehmon sifatida ishtirok etib, “O‘zbek tilining davlat va fuqarolar uchun ahamiyati” mavzusida maʼruza qildi. 

Aytish darkorki, Aziz Said nomi adabiyot ahliga, sheʼriyat va jahon adabiyoti muxlislariga yaxshi tanish. Uning “Chiltor”, «Dili qani Bedilning», «G‘oyibdan do‘st bilan suhbatlar», «Fursat darvozasi» nomli sheʼriy kitoblari o‘quvchilar qalbidan joy egallagan.

Ona tilimizga bag‘ishlab yozgan sheʼrlarni aytib bergan adib o‘z qalamiga mansub “Vaqt manzili” kitobini Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining kutubxonasiga hadya qildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech