O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

SSVda dorilarning nojo‘ya ta’siri to‘g‘risida elektron baza shakllantiriladi

SSVda dorilarning nojo‘ya ta’siri to‘g‘risida elektron baza shakllantiriladi

 Kecha davlatimiz rahbari farmasevtika sohasini tartibga solish, aholini sifatli va xavfsiz dori vositalari bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergandik.

 Xo‘sh, unda mazkur sohada joriy etilayotgan qanday muhim yangiliklar haqida so‘z bordi?

 Bular quyidagilar:

 Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Zarur amaliyotlar markazi davlat korxonasi sifatida qayta tashkil etiladi.

 “Zarur farmakologik nazorat amaliyoti – GVP” standarti joriy etilib, Sog‘liqni saqlash vazirligida dorilarning nojo‘ya ta’siri to‘g‘risida elektron baza shakllantiriladi. Bu haqdagi ma’lumotlarni tibbiyot xodimlari va aholiga tezkor yetkazish yo‘lga qo‘yiladi.

 Teleradiokanallar orqali dorilar va biologik faol qo‘shimchalarni reklama qilish Sog‘liqni saqlash vazirligida tashkil etiladigan maxsus kengashning xulosasi asosida mumkin bo‘ladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech