O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Toshkent shahrida sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari va mahalliy farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan muloqot qilindi

Toshkent shahrida sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari va mahalliy farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan muloqot qilindi

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharofiddin Raxmonov, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Alimov hamda Toshkent shahridagi tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari va mahalliy farmkompaniyalar vakillari ishtirokida muloqot o‘tkazildi.

Unda kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning farmasevtika va elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarishni yanada qo‘llab-quvvatlash, korxonalarning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriq va vazifalar ijrosini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari va shifokorlar so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech