O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Buxoroda O‘zbekiston – Turkmaniston hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi

Uning doirasida O‘zbekiston – Turkmaniston tadbirkorlar Kengashining 2-yig‘ilishi, O‘zbekiston va Turkmaniston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi, ikki mamlakat xalq amaliy sanʼati mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Forum Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi hamda Savdo sanoat palatasi hamkorligida tashkil etildi.

Forum doirasida turkmanistonlik hamkorlar bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy kelishuvlar, investitsiya shartnomalarining loyihalari, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan edi . Bunda qishloq xo‘jaligi, avtomobilsozlik, farmatsevtika,to‘qimachilik, kimyo va neft-kimyo sanoati, transport va logistika, energetika, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalari va savdo shartnomalariga alohida eʼtibor qaratildi. 

Sanoat ko‘rgazmasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ham respublikamizda ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlari stendi bilan ishtirok etdi. Agentlik direktori Sardor Kariyev “Turkmendermansenagat “ birlashmasining “Tenekar“ farmatsevtika zavodi rahbari Serdar Akgayev bilan uchrashib ikki mamlakat o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar xususida o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashishdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech