O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Tibbiy buyum va tibbiy texnikalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari diqqatiga!

Tibbiy buyum va tibbiy texnikalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qaror va Farmoni bilan tibbiy buyum va tibbiy texnikalarni ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarga ISO 13485 standarti talablarini joriy etish belgilangan.

2022 yil 1 iyuldan ISO 13485 sertifikatiga ega ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan tibbiy buyum va tibbiy texnikalar uchun majburiy sertifikatlashtirish tartibi bekor qilingan va 2023 yil 1 yanvardan farmasevtika mahsulotlari bo‘yicha davlat xarid tanlovlarida ISO 13485 standartlari asosida tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ishlab chiqarishni tashkil etgan tashkilotlar qatnashishiga ruxsat beriladi, deb belgilangan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan xolda topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2024 yil 30 apreldagi 03-13-783-sonli xatiga asosan, xalqaro ISO 13485 standartini joriy etish istagini bildirgan korxonalar ro‘yxatini shakllantirish hamda ularning ehtiyojini aniqlash maqsadida quyida keltirilgan aloqa raqamlari bilan bog‘lanishingiz va ma’lumotlarni taqdim etishingiz so‘raladi.

Ma’lumot uchun: (71) 203-81-81 (234)
(97) 702-57-97 Aziz Yakubov

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech