O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv tashkil etildi.

2024 yil 2 fevral kuni ko‘p tarmoqli va boshqa dorixonalarning 300 ta mutassadi xodimlari bilan Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Agentlik rahbari A.Azizov hamda GPP sertifikatini taqdim etuvchi vakolatli ishchi organ bo‘lgan “Zarur amaliyotlar markazi” DUK rahbariyati ishtirok etdi. Yig‘ilish mobaynida qisqa muddat ichida birinchi navbatda ko‘p tarmoqli dorixonalarda GPP talablarini joriy etish lozimligi, inspeksiya o‘tkazish tartibi, talab etiladigan hujjatlar, ariza berish tartibi, hujjatlarni ishlab chiqishda yuzaga keladigan savollar hamda GPP talablarini joriy etishda yordamchi hujjatlar va namunalar joylashtirilgan internet sahifalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Dorixona mutassaddilari tomonidan ko‘tarilgan muammo va savollarga tushuntirishlar berildi. Shuningdek, dorixona mutaxassislari tomonidan berilgan takliflar asosida ushbu ko‘rinishdagi yig‘ilishlar muntazam ravishda tashkil etilib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech