O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Abdi Ibrahim” kompaniyasi vakillari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida

Joriy yilning 8 noyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev Turkiyadagi yirik dori ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan “Abdi Ibrahim” kompaniyasi bosh ijrosi direktori (SEO) Suxa Tashpolato‘g‘lu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Agentlik direktori kompaniya vakillarini O‘zbekistonga investitsiya kiritish imkoniyatlari bilan tanishtirdi. Uchrashuv chog‘i yurtimizda kompaniyaning vakolatxonasini ochish, dori vositalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri vositachilarsiz yetkazib berishni kengaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun: 1912 yilda tashkil topgan “Abdi Ibrahim” kompaniyasi Turkiya, Jazoir va Qozog‘istonda dori vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Onkologiya, gematologiya, kardiologiya, endokrinologiya, teri xastaliklari, markaziy nerv sistemasi, oshqozon-ichak tizimi, revmatologiya, ayollar xastaklari kabi terapevtik guruhlarda 400 ga yaqin turdagi dori vositalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyaning mahsulotlari jami 70 davlatga eksport qilinadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech