O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Abdullo farm savdo servis” MCHJga farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziya bekor qilindi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda Namangan viloyatida joylashgan “ABDULLO FARM SAVDO SERVIS” MCHJ farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji realizatsiya qilish omborxonasida aniqlangan litsenziya talab va shartlarini buzilish holatlari bo‘yicha unga tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish uchun berilgan 2018 yil 30 avgustdagi 15274 ro‘yxat raqamli litsenziyani bekor qilishni so‘rab Namangan tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan daʼvo ariza sudning 2022 yil 26 oktyabrdagi 4-1601-2202/73-sonli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va “ABDULLO FARM SAVDO SERVIS” MCHJga farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziya bekor qilindi.

Shu o‘rinda, Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi farmatsevtik litsenziatlarni farmatsevtika faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talab va shartlarini buzilishiga yo‘l qo‘ymasliklari to‘g‘risida yana bir bor ogohlantiradi.

Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech