O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Acino MEA FZ LLC” kompaniyasi vakillari bilan online muzokaralar olib borildi

Joriy yilning 10 fevral kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining BAAdagi vakolatxonasi boshchiligi ostida videokonferensiya o‘tkazildi.

Shveytsariya kompaniyasining BAAdagi filiali bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda Agentlik tomonidan direktor o‘rinbosari Jamshid Eshmurodov boshchiligidagi ekspertlar, vazirlik vakolatxonasi nomidan direktor Sarvar Hamidov boshchiligidagi mutaxassislar va  “Acino MEA FZ LLC” kompaniyasi tomonidan O‘rta Osiyo mamlakatlari bo‘yicha direktor Bird Adrew qatnashdi.

Maʼlumot o‘rnida aytish joizki, Shvetysvariyaning qattiq oral dori shakllarini yetkazib beruvchi “Cimex Pharma AG” hamda transdermal plastirlar va biologik parchalanadigan implantantlarni ishlab chiqarish bo‘yicha Yevropada ikkinchi o‘rinda turuvchi “Novosis AG” kompaniyalarini sotib olgan “Acino MEA FZ LLC” bugungi kunda ilg‘or texnologiyalar asosida yuqori sifatli farmatsevtik mahsulotlarni ishlab chiqarish va butun dunyo bo‘ylab yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Muzokaralar chog‘i dastlab agentlik direktorining o‘rinbosari arab tomonini Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining faoliyati hamda yurtimiz farmatsevtika sanoatining investitsion jozibadorligi, xususan, “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hamda erkin iqtisodiy zonalarda sarmoyadorlarga yaratilgan imkoniyatlar va beriladigan imtiyozlar bilan tanishtirdi.

“Acino” direktori ham o‘z navbatida mazkur kompaniyaning jahondagi yetakchi farmmahsulotlar ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilishi, hozirda Lotin Amerikasi, Afrika, Turkiya kabi ko‘plab davlatlarda faoliyat olib borishi haqida gapirdi hamda O‘zbekistonda investitsion loyihani amalga oshirish uchun marketing tahlillari o‘tkazayotganini maʼlum qildi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga kelishib olishdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech