O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Advanced Trading” kompaniyasi “Tashkent Pharma Park” da zavod qurish loyihasiga qiziqish bildirdi

2023 yilning 24 fevral kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida “Tashkent Pharma Park” ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri direksiyasining direktori Sanjar Babadjanov “Advanced Trading” kompaniyasi bosh direktori Rajesh Sharma bilan uchrashdi.

Uchrashuvda bosh direktor mazkur kompaniyaning maʼmuriy, taʼlim va tadqiqot komponentlarini hamda sanoat hududini o‘z ichiga oluvchi mazkur klasterda silga qarshi dori vositalarini hamda onkologik preparatlarni ishlab chiqaruvchi farmatsevtik zavod qurish loyihasiga qiziqish bildirayotganini maʼlum qildi.

Muzokaralar chog‘i loyihaning amalga oshirilish muddatlari, zavod uchun yer ajratish mexanizmi, kommunikatsiyalarni o‘tkazish masalalari va “Tashkent Pharma Park” klasteriga kirish shartlari muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun: “Advanced Trading” kompaniyalar guruhi Rossiya Federatsiyasida 2 ta ishlab chiqarish quvvatiga ega. Belgorodda joylashgan zavodda substansiyalar chiqarilsa, Permdagi zavod infuzion shakldagi dori vositalarini ishlab chiqariladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech