O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Agar, antitanachalar darajasi yuqori bo‘lsa, vaksina olmasa ham bo‘ladimi?

Innovatsion rivojlanish vazirligi Matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzovaning savoliga O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, vaksinalar va immunoprofilaktika bo‘limi boshlig‘i Dilorom Tursunova javob beradi.

- Maʼlumki, koronavirusga qarshi vaksina autoimmun kasalliklarda, homilador va emizikli ayollarda, 18 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga hamda surunkali yoki biron bir kasallikning avj olgan davrida qilish tavsiya etilmaydi.

Koronavirus bilan ko‘p aholimiz deyarli xastalanganligi qayd etilgan. Shu bois ularning organizmida antitanachalar shakllangan bo‘lishi tabiiy. Biroq bu endi vaksina olmasam ham bo‘ladi, degani emas. Negaki hozirda ko‘p koronavirusning yangi shtammlari qayd etilmoqda. Shu sababli oldin kasal bo‘lganlarda ham koronavirusga qayta chalinish holatlari qayd etilgayotgani maʼlum. Hatto, ayrimlarda ikkinchi bor kasallikni boshidan o‘tkazishi juda og‘ir kechmoqda.

Shu sababli koronavirus bilan og‘rigan fuqarolarni ham 3 oy muddat o‘tgandan so‘ng, albatta, emlanishlarini tavsiya etmoqdamiz.

Vaksina olish uchun antitanachalarning organizmda darajasini ham ahamiyati yo‘q. Negaki antitanachalar sizni boshingizdan o‘tkazgan koronavirusning maʼlum bir shtammiga taʼsir ko‘rsatadi. Vaksina orqali uning bir qancha shtammlarini yuqtirish xavfidan himoyalanasiz.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech