O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Agar bemor o‘zi suyuqlik icha olsa, “kapelnitsa” olish shart emasmi?

Agar bemor o‘zi suyuqlik icha olsa, “kapelnitsa” olish mutlaqo tavsiya etilmaydi. Bu haqda Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi vakili Klara Yodgorova «Tez yordam» ko‘rsatuvida maʼlum qildi:

Koronavirusda bemorlar o‘z-o‘zini kuzatish metodidan foydalanishlari kerak. Yaʼni bunda koronavirusning barcha belgilari ko‘rsatilgan jadval tuzib, kunlik tarzda o‘zlarida qaysi simptomlar kuzatilganini kiritib borishlari kerak. Bu tuzalish jaryonini nazorat qilishga yordam beradi.

Agar bemor o‘zi suyuqlik icha olsa, tomchi ukol (kapelnitsa) olish mutlaqo tavsiya etilmaydi. “Kapelnitsa” o‘pka alveolalarining shishishiga sabab bo‘ladi. Uyda va statsionarda davolanayotgan bemorlarga kapelnitsa olishni tavsiya qilishni to‘xtatish kerak.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech