O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Agentlik delegatsiyasi Lester shahrida joylashgan De Monfort universitetiga tashrif buyurdi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlanntirish agentligi direktori Sardor Kariyev boshchiligidagi agentlik xodimlari, yangi Farmatsevtika texnik universiteti bo‘yicha konsultant va mutasaddilardan iborat bo‘lgan delegatsiya Buyuk Britaniyaning Lester shahrida joylashgan De Monfort universitetiga tashrif buyurdi.

4 xil yo‘nalishdagi Sanʼat, dizayn va gumanitar fanlar, Biznes va huquq, Sog‘liqni saqlash va hayot haqidagi fanlar hamda Hisoblash texnikasi, muhandislik va media fakultetlarida 27 000 ga yaqin talaba tahsil oluvchi mazkur universitet Britaniya Taʼlim vazirligi tomonidan 2017 yilda oltin reytingga munosib deya topilgan.

Times Higher Education reytingida “Britaniyadagi eng sifatli taʼlim beruvchi muassasa” deya eʼtirof etilgan, 2019 yilda bo‘lsa jahonning top oliy taʼlim mumassasaslari orasida 50-o‘ringa loyiq topilgan De Monfort universiteti fakultetlarning har biri bir qancha maktablarga bo‘linadi. Xususan, Sog‘liqni saqlash va hayot haqidagi fanlar fakulteti bir-biri bilan uzviy bog‘langan qator maktablar: O‘zaro yaqin bo‘lgan tibbiyot fanlari Lester maktabi, Amaliy ijtimoiy fanlar maktabi, Lester hamshiralik ishi va akusherlik maktabi hamda Lester farmatsiya maktablaridan tashkil topgan.

Tashrif chog‘i agentlik ekspertlari ushbu fakultet mutasaddilari bilan De Monfortning qator maktablarini O‘zbekistonda yangi ochilayotgan Farmatsevtika texnik universitetida joriy etish borasida muzokaralarga kirishishdi. Aytish darkorki, bu muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib, bundan bir qancha muddat avval agentlik va universitet vakillari O‘zbekistonlik talabalarning ushbu nufuzli oliygohda taʼlim olib qaytishi borasida memorandumlar imzolashgan edi.

Ushbu memorandumda ko‘zda tutilgan 5 yillik loyihaga binoan, aynan De Monfort universitetida magistratura bosqichida taʼlim olish uchun 6 nafar talaba jo‘natilgan bo‘lib, bulardan 3 nafari yuqori natijalar bilan o‘qishni tugatib, vatanimizga qaytishdi. “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida bunyod etilayotgan Farmatsevtika texnik universitetining bo‘lajak pedagogik jamoasini shakllantiruvchi bu magistrantlar hozirda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida faoliyat olib bormoqdalar. 

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech