O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Agentlik direktori Andijon viloyatida xizmat safarida

Agentlik direktori Andijon viloyatida xizmat safarida

Joriy yilning 10 dekabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo‘lib turibdi.

Xizmat safari avvalida Prezidentimizning joriy yil 28 noyabrda bo‘lib o‘tgan sohaga oid yig‘ilishidagi vazifalaridan kelib chiqib, hududdagi mahalliy farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari bilan uchrashdi. Sohada amalga oshirilgan ishlar tahlili, mavjud taklif va muammolar, banklar tomonidan tadbirkorlarga berilayotgan kreditlar, yangi loyihalarni ishga tushirish kabi masalalar bo‘yicha suhbatlashildi. “Andijon Farm” EIZ hududidagi “Andijon Farma Park” ilmiy va sinov laboratoriyasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda "Asaka bank" va "Mikrokreditbank" respublika boshqaruvi rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbirkorlardan mavjud moliyalashtirish muammolari o‘rganilib, imtiyozli kreditlar ajratish chora-tadbirlari ko‘rildi. Agentlik direktori tadbirkorlarga yuzlanib, importni chuqur tahlil qilgan holda xali o‘zlashtirilmagan dori vositasini o‘zlashtirish, yangi dori vositalarini ishlab chiqarish, sifat va ishlab chiqarish xajmini oshirish lozimligini bildirdi.

Shuningdek, Agentlik direktori “Andijon Farm” EIZ hududidagi “Andijon Farma Park” ilmiy va sinov labaratoriyasida amalga oshirilayotgan ishlar, ishga tushgan korxonalar va amalga oshirilishi rejalashtirilgan investisiya loyihalari bilan tanishdi. Har bir loyihalarning qurilish jarayonlari, montaj ishlari bilan tanishdi. Loyiha tashabbuskorlarning oldida turgan muammoli masalalari yuzasidan gaplashildi.

Xizmat safari davomida Agentlik direktori A.Azizov tadbirkorlar bilan 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda prezidentimiz tomonidan xorijiy brendlarni jalb qilgan holda investision loyihalarni shakllantirish, amalga oshirish va ishga tushirish lozimligi ta’kidlangan edi. Bugungi kunga qadar ko‘plab xorijiy kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Jumladan, Xitoyning "Chengdu HeDa Automation Equipment Co., Ltd" kompaniyasi ham Andijon viloyatida bo‘lib turibdi. Agentlik direktori “Andijon Farma Park” ilmiy va sinov labaratoriyasida Xitoyning "Chengdu HeDa Automation Equipment Co., Ltd" kompaniyasi bosh direktori GOYXIAO YAN va menedjeri JIAN GGUIBAO bilan uchrashdi. Mazkur kompaniya Andijon viloyatida yangi tibbiy buyum va tibbiy texnika ishlab chiqarish korxonasi loyihasini amalga oshirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech