O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Agentlik direktorining o‘rinbosari Jamshid Eshmurodov Vigonvita kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida joriy yilning 23 yanvar kuni virusga qarshi va nevrologik dori vositalarini ishlab chiqarish borasida Xitoyda yetakchi o‘rinlardan birini egallagan Vigonvita kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbek va xitoy tillarida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda Jamshid Eshmuradov dastavval yurtimizning farmatsevtika sohasidagi investitsion jozibadorligi haqida maʼlumot berib, “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri, farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalarida yaratilgan sharoitlar, sarmoyachilar uchun beriladigan imtiyozlar bilan tanishtirdi.

Bosh direktor Chjou Szyuy faqat sifatli farmmahsulotlarni ishlab chiqarishni maqsad qilgan “Vigonvita” kompaniyasi bugungi kunda yangi farmpreparatlar ustida ishlayotganini maʼlum qildi. Shuningdek, O‘zbekistondagi qulay investitsion muhit bois ishlab chiqarish va ilmiy sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini o‘rganayotganini bildirdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech