O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Agentlik Kasaba qo‘mitasining 2021 yilda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi

Joriy yilning 25 mart sanasida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Kasaba qo‘mitasining 2021 yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi.

Yig‘ilishda Agentlikning markaziy apparat xodimlari shuningdek, “Zoom” orqali tizimdagi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Kasaba qo‘mitasi raisi Muxabbat Ibragimova so‘zga chiqib, tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasidagi bajarilgan ishlar hamda tizim xodimlarini ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza etish yuzasidan maʼmuriyat va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2021-2023 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2021 yilda bajarilishi lozim bo‘lgan bandlari ijrosi bo‘yicha qatnashchilarga maʼlumot berdi.

Yig‘ilish xodimlarning qizg‘in muzokaralari bilan birga ular tomonidan berilgan o‘rinli takliflar va do‘stona munozaralarga boy o‘tdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech