O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Agentlik xodimlariga ingliz tilini o‘zlashtirish bo‘yicha sertifikatlar topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida ingliz tilida maxsus o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yilganligi haqida xabar bergandik.

Kuni kecha ushbu o‘quv kursini tamomlagan Agentlik xodimlariga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 3 oy davomida bo‘lib o‘tgan o‘quv kurslariga «Hilol Edu» MCHJ o‘quv markazining malakali o‘qituvchilari jalb qilinib, ingliz tilidagi darslar onlayn va oflayn formatda bo‘lib o‘tdi.

Ma'lumot uchun, Prezident qaroriga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan boshlab xorijiy tillardan sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo‘g‘inlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan qo‘shimcha ustama tashkilotlarning byudjetdan tashqari hamda ish haqi fondi doirasida byudjet mablag‘lari hisobidan to‘lanishi belgilangan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech