O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Agentlikda Vengriyaning “Lacopa” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 21 oktyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Vengriyaning “Lacopa” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda diagnostikani amalga oshiruvchi, ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi, malakali kadrlar tayyorlash sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan “Lacopa” kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish istagini bildirdi.

Agentlik direktorining o‘rinbosari Jamshid Eshmuradov boshchiligidagi ekspertlar hamda ushbu kompaniya vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘i mazkur masala yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Taʼkidlash darkorki, “Lacopa” kompaniyasi asosan molekulyar biologiya, hujayra texnologiyalari, biobanklar yaratish, materiallar fizik xossalarini va kimyoviy tarkibini o‘rganish va nanomexanik tadqiqotlar o‘tkazish kabilar ustida ish olib boradi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech