O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Agentlikning Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan “Kontrafaktsiz oy” tadbiri doirasida Buxoro viloyatida profilaktika tadbir o‘tkazildi.

Joriy yilning 9 mart kuni Buxoro viloyatida farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining  Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi hamda Agentlikning Buxoro viloyati xududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur yig‘ilish 15 fevraldan 15 martga qadar o‘tkazilayotgan “Kontrafaktsiz oy” tadbiri doirasida uyushtirilgan bo‘lib, unda Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji realizatsiya qilish va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlar vakillari, ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan investitsion loyiha tashabusskorlari ishtirok etdilar.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi Olimxo‘ja Akbarov  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF6044-son Farmoni ijrosi bo‘yicha qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda 2020 yil 4-chorakda va 2021 yil 1-chorakda jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarga binoan belgilangan tartibda o‘tkazilgan tekshiruvlar va ko‘rilgan taʼsir choralar bilan yig‘ilganlarni tanishtirib, farmatsevtik litsenziatlar  faoliyatida qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va dori vositalari muomalasiga kontrafakt mahsulotlarni kirib qolishini  oldini olish yo‘lida litsenziatlarning masʼuliyatlarini oshirish  to‘g‘risida suhbat o‘tkazdi.

Shuningdek, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati xududiy bo‘linmasi boshlig‘i Voxidjon Xudayev yig‘ilish ishtirokchilariga tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida qonun loyihasi to‘g‘risidagi to‘liq maʼlumotlarni taqdim etdi.

Seminar so‘ngida mutaxassislar yig‘ilish qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech