O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi @Stop_corruptionbot faoliyatini yo‘lga qo‘ydi

Hurmatli yurtdoshlar!

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev tashabbusi bilan farmatsevtika sohasidagi korrupsiya holatlarini oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qiluvchi maxsus @Stop_corruptionbot faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Endi Siz sohadagi qonunbuzarlik va korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, ushbu @Stop_corruptionbot yoki (71) 2340604 ishonch telefoni orqali Agentlikka bevosita murojaat qilishingiz mumkin.

Har bir murojaat shaxsan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori nazorati ostida qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Murojaatlar jismoniy shaxsning iltimosiga ko‘ra uning shaxsiga doir biron-bir maʼlumot oshkor etilmagan holda o‘rganiladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha hujjatlar zarur hollarda qonuniy baho berish uchun tegishli vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

Maʼlumot tarzida eʼtiboringizga shuni yetkazamizki, anonim murojaatlar (jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi maʼlumotlar ko‘rsatilmagan yohud ular haqida yolg‘on maʼlumotlar ko‘rsatilgan murojaatlar) O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunining 29-moddasi 1-qismi ikkinchi xatboshisiga asosan ko‘rib chiqilmaydi.

__

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar bizning @Uzpharm_agency telegram-kanalida
Manzilimiz: 100084 Toshkent shahri, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 1-A uy.
Telefon: (998 71) 203-81-81
Elektron manzil: farmagentlik@minzdrav.uz 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech