O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Qalbaki dorilarni savdosiga yoʼl qoʼygan tadbirkorlar litsenziyasidan mahrum qilinadi.

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligiga “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning (keyingi oʻrinlarda Davlat markazi) 2023-yil 19-maydagi
29/12-01921-sonli xati orqali  Toshkent shahridagi dorixonalardan xarid qilingan  “Operazon-N, V/V. V/M. 100mg/500mg, seriya ATIC190104, yaroqlilik muddati  DEC2023g, ishlab chiqaruvchi “Rhydburg Pharmaceuticals Ltd India” dori vositasi Davlat markazi tomonidan oʻtkazilgan ekspertiza natijalariga  koʻra, “muvofiqlik sertifikati”ga ega boʻlmagan, davlat roʻyxatidan oʻtmagan, qalbakilashtirilgan dori vositasi ekanligi haqidagi rasmiy xabar kelib tushgan.

Ushbu dori vositasini muomalasiga chek qoʻyish maqsadida, muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlmagan, davlat roʻyxatidan oʻtmagan, qalbakilashtirilgan dori vositasi zudlik bilan muomaladan chiqarilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qaror bilan tasdiqlangan sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini, shuningdek, muomaladagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni ularning inson sogʻligʻiga zararli taʼsirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqarish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda yoʻq qilinishi ko’rsatib o’tilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻisida”gi Qonunning 18,19 va 20-moddalarida qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish, sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini xarid qilish hamda ulgurji va chakana realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlab qoʻyilgan.

Hurmatli tadbirkorlar!

Amaldagi qonunchilikka koʻra, ushbu huquqbuzarliklar maʼmuriy va jinoiy javobgarliklar bilan bir qatorda litsenziya talab va shartlarining qoʻpol buzilish holati deb baholanib, litsenziyani bekor qilinishiga asos boʻlа oladi. Sizlarni ushbu huquqbuzarlik holatiga yoʻl qoʻymaslik va uni bartaraf etish choralarini koʻrishingizni soʻraymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech