O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Andijon Makro Farm” MCHJ Kegeylida yangi farmatsevtika zavodini qurmoqda

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 23-24 fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Andijon viloyati hokimligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasida farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo‘yicha yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish va 2022-2023 yillarda ularni ishga tushirish vazifasi qo‘yilgan edi.

Mazkur topshiriqlari jrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 2 aprel kuni viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Kegeyli tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Andijon viloyat delegatsiyasi hamda mehmonlar ishtirokida “Andijon Makro Farm” MCHJ tomonidan qurilayotgan tibbiy buyumlar ishlab chiqarish korxonasiga tamal toshi qo‘yildi.

Maʼlumot uchun ushbu loyihaning umumiy qiymati 6,0 mln. dollar bo‘lib, tibbiyot uchun kerakli bo‘lgan shpris va sistemalar ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech