O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“ANDIJON PHARMA PARK” binosida birinchi yig‘ilish o‘tkazildi

Joriy yilning 25 avgust kuni  Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Litsenziyalash va nazarat qilish boshqarmasi boshlig‘i  G.Zufarova va boshqarma bosh mutaxassisi N.Sarkisyans va X.Orziqulova Andijon viloyatiga tashrif buyurib, litsenziya talablarini buzilish xolatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar doirasida  viloyatda faoliyat yuritayotgan jami 35 ta dori vositalari va tibbiy buyumlarni  ishlab chiqarish, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish hamda dori vositalarini tayyorlash huquqiga ega tadbirkorlik subyektlari, Davolash profilaktika muassasalari va Sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari ishtirokida seminar-yig‘ilish o‘tkazdilar.

Yig‘ilishda farmatsevtika sohasi qonunchiligidagi yangiliklar, jumladan 2021 yil 15 iyulda kuchga kirgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘RQ-701-son "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida” gi Qonuni mazmun-mohiyati  yig‘ilish ishtirokchilari eʼtiboriga yetkazildi.

Yig‘ilish davomida tadbirkorlik subyektlari orasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan, litsenziatlar faoliyatida qonunbuzilish holatlari uchrab turganligi, boshqarmaning 2021 yil 1-yarim yillikda o‘tkazgan nazorat tadbirlari natijalari yuzasidan to‘xtalib o‘tildi. Yig‘ilishda viloyatdagi ayrim  davolash-profilaktika muassasalari ichki dorixonalari ahvoli, ular faoliyatida  yo‘l qo‘yilayotgan huquqbuzarlik xolatlariga alohida eʼtibor qaratilib, ushbu xolatlar bo‘yicha taʼsir choralari belgilanishi maʼlum qilindi.

Bundan tashqari, «Zarur ishlab chiqarish amaliyoti - GMP» va «Zarur distribyutorlik amaliyoti-GDP» milliy talablarini joriy etiish  majburiyatlarining dori vositalarini  ishlab chiqaruvchi, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan so‘zssiz bajarilishi lozimligi, ushbu majburiyatlarning litsenziatlar tomonidan bajarilmasligi 2022 yil 1 yanvardan boshlab litsenziya talabining buzilish xolati deb baxolanishi haqida yig‘ilish qatnashchilariga taʼkidlab o‘tildi.

Shu bilan birga, Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlar taxlili natijalari, ularda ko‘tarilayotgan tizimli muammolar va ularning yechimi yuzasidan Agentlik tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida axborot berildi. Yig‘ilish  so‘ngida yig‘ilish qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.

Litsenziyalash va nazarat qilish boshqarmasi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech