O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

"Andijon Pharma Park"da jurnalist, bloger va OAV xodimlari uchun press-tur tashkil qilindi

Joriy yil 17 iyun sanasida Andijon viloyati va respublikamiz miqyosida faoliyat ko‘rsatayotgan jurnalistlar hamda OAV vakillari uchun "Andion Pharma Park"ga press-tur tashkil qilindi.

Press-tur davomida Andijon viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi rahbari Ruzimatali Mansirov mehmonlarni farmapark faoliyati bilan yaqindan tanishtirib, ularni qiziqtirigan savollar yuzasidan atroflicha javob berdi.

Maʼlumot uchun, "Andijon paharm park" “Andijon-farm” EIZ direksiyasi, Andijon viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi va Andijon dori vositalari, tibbiy buyum, tibbiy texnika eskpertizasi va standartlashtirish markazlarini o‘z ichiga olgan farmatsevtika klasteri hisoblanadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech