O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Andijon shahridagi dorixonalar mudirlari jiddiy ogohlantirildi

Bugungi kunda aholi salomatligini yana-da muhofaza qilish va dorixonalarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan, sifatsiz va qalbakilashtirilgan hamda kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni sotish va ularning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yish, shu jumladan dori vositalarining notibbiy maqsadlarda isteʼmol qilinishini oldini olish maqsadida Andijon viloyati farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi va IIV jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda viloyat IIB JQB xodimlari hamkorligida yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni tashkil etish, ularni giyohvandlik illati tuzog‘iga tushib qolishlarini oldini olish hamda viloyat hududida giyohvand moddalarni noqonuniy savdo faoliyatiga chek qo‘yish, psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini aholi orasida tarqalishiga qarshi kurashish kabi ishlarni jadallashtirish maqsadida bir qator profilaktik ogohlantiruv ishlari amalga oshirildi.

Joriy yilning 3 noyabr sanasida Andijon shahrida joylashgan dorixonalar faoliyati o‘rganilib dorixona rahbarlari va mudirlariga faoliyat bilan tegishli litsenziyasiz shug‘ullanish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan, sifatsiz hamda qalbakilashtirilgan, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini saqlash va realizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga asosan javogarlikka tortilishi yuzasidan jiddiy ogohlantirishlar berildi.

Aholini turli giyohvandlik vositalaridan saqlash, psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarining zararli oqibatlari haqida ogohlantirish va kelgusida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni barvaqt oldini olish maqsadida, Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi masʼul xodimlaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzilib, dorixonalarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan, sifatsiz va qalbakilashtirilgan hamda psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini noqonuniy savdosiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirlmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish 
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech