O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Andijon va Farg‘ona viloyatlarida farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar holati o‘rganildi

Xabaringiz bor, aprel oyida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassilari respublika viloyatlarida farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalari holatini o‘rganish bilan shug‘ullanmoqda.

21-23 aprel kunlari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Investitsiya loyihalari monitoringini olib borish va farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ilyas Manapov Andijon va Farg‘ona viloyatlarida farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar holatini joylarga chiqqan holda o‘rgandi.

Xususan, Andijon viloyati Andijon tumanida joylashgan “Andijon farm” EIZ hududidagi “Emery Pharma” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 8,75 million AQSH dollarilik “Tibbiyot shprislari va sistemalari ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Akson Laboratories” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 6,8 million AQSH dollarilik “Infuzion dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Cadilla Pharmaceuticals Uzbekistan” MCHJ tomonidan qiymati 14,6 million AQSH dollarilik “Tabletka va kapsula shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Zamin Med Tech” MCHJ QK tomonidan umumiy qiymati 0,6 million AQSH dollarilik “Tibbiyot uskunalari ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Andijon dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish”  shoʻba korxonasi tomonidan umumiy qiymati 0,6 million AQSH dollarilik “Korxonaning yangi maʼmuriy binosi hamda xalqaro standartlar talabiga mos keladigan zamonaviy ilmiy va sinov laboratoriyalarini tashkil etish” loyihalarining amalga oshirilishi jarayoni o‘rganildi.

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi “Pharmacia” MCHJ tomonidan qiymati 6,5 million AQSH dollarilik “Farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish”, Quvasoy shahridagi “FERGHANA INVICTA PHARM” MCHJ tomonidan qiymati 1,1 million AQSH dollarilik “Tibbiy buyumlar va dori vositalarini ishlab chiqarish”, Farg‘ona shahridagi “Vita Nova Diagnostic” MCHJ tomonidan qiymati 0,7 million AQSH dollarilik “Qandli diabet kasalligi bosimini o‘lchash texnologik testlarini ishlab chiqarish” va “Afrosiyob shifo” MCHJ tomonidan qiymati 7,1 million AQSH dollarilik “Natriy xlor ishlab chiqarishni tashkil etish”, Qo‘qon shahridagi “Life Import” MCHJ tomonidan qiymati 3,5 million AQSH dollarilik “Tibbiy mahsulotlar (shpris, tibbiy qo‘lqop, tibbiy sistema) ishlab chiqarishni tashkil etish”, Bog‘dod tumanidagi “GNT CARE” MCHJ QK tomonidan qiymati 2,5 million AQSH dollarilik “Tibbiy himoya vositalari va jihozlar ishlab chiqarishni tashkil etish”, Toshloq tumanidagi “ZAMIN AZIYA PHARM” MCHJ tomonidan qiymati 2,28 million AQSH dollarilik “Infuzion dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihalari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ilyas Manapovning so‘zlariga ko‘ra, o‘rganish davomida ushbu loyihalar doirasida mavjud muammolar aniqlandi va ularning yechimi yuzasidan hududiy vazirlik  va idoralar boshqarmalari mutaxassislari bilan uchrashib, ularga tegishli taklif va ko‘rsatmalar berildi. “Shuningdek, tadbirkorlarni kelgusida ham qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular bilan bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldik”, - dedi Ilyas Manapov.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech