O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Andijon viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi vakillari eʼtirof etildi

Xabar beganimizdek, joriy yilning 29-30 iyun kunlari Andijon shahrida navbatdagi hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Unda avtomobilsozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, tekstil, charm va mebelsozlik sanoatlari, turizm va boshqa sohalar uchun mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan hududiy hamda respublikamizning boshqa viloyatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdilar.

Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda, Andijon viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi vakillari ko‘rsatgan faolligi uchun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

Tadbir yakunida tarmoq korxonalar o‘rtasida hamkorlik shartnomalari, shuningdek, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni kelgusida mahalliylashtirish bo‘yicha memorandumlar imzolanadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech