O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Andijon viloyat IIB tomonidan Andijonda “dorifurushlar” kirdikorlari fosh etildi

Andijon viloyat IIB JQB giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Andijon viloyati IIB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan mazkur tezkor tadbir natijasida Paxtaobod tumani yashovchi fuqaro M.S.ning yoni ko‘zdan kechirilganida 2 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi maʼlum bo‘ldi. Surishtiruv ishlari davomida fuqaro M.S mazkur dori vositalarini 325000 so‘m pullar evaziga Andijon shahrida yashovchi fuqaro M.N.dan sotib olganligi aniqlandi.

Tadbir davomida M.N.ning yashash xonadonidan 11 dona “Tropikamid 10 ml”, 9 dona “Tropikamid 5 ml” 18 dona “Lirika” va 8 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilib, tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish 
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech