O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Andijon viloyatida "GDPni tatbiq etishning dolzarb masalalari" mavzusida seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi “2019-2021 yillarda respublika farmatsevtika tarmog‘ini yana-da jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5707-son farmonini amalga oshirish maqsadida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, GXP UMEDCERT va JSST ekspertlari bilan birgalikda, dori vositalarining ulgurji distribyutorlari uchun Andijon shahrida “ GDP qisqa kursi. GDPni tatbiq etishning dolzarb masalalari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda “SAXOVAT UNIVERSAL FARM” MChJ, “TRANZITSERVIS” MChJ, “AGROFARM MEDICAL LUX” MChJ, “MALIKA FARM ANDIJON” MChJ, “NAVQIRON FARM” MChJ, "GRAND PHARM ANDIJON" MCHJ, "GOLD GROWN PHARMA" MCHJ, “AKMAL FARM MEDICAL” MChJ, “PRESTIJ FARM” MCHJ kabi kompaniyalar qatnashishdi.

Seminarda quyidagi mavzular atroflicha yoritilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga aniq javoblar berildi:

- Farmatsevtika sifat tizimi nima?;
- Xodimlarni boshqarish tizimi;
- Vakolatli shaxs;
- Omborlardagi nazorat parametrlari;
- Farmatsevtika sifat tizimini hujjatlashtirish;
- Yetkazib beruvchilar va oluvchilar uchun malaka tizimi;
- Mahsulotni qaytarib olish, soxtalashtirish to‘g‘risidagi gumonlar, qaytarishlar, reklamatsiya;
- O‘z-o‘zini tekshirish tizimi va Tashish (transportirovka)".

Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Ushbu seminar Andijon viloyatidagi farmatsevtika kompaniyalarida zarur amaliyotlarni joriy qilishni tezlashtirishda ijobiy natijasini beradi deb umid qilamiz.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech