O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Andijonda 63 million so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Bojxonachilar “Neksiya”ga yashirilgan dorilarni fosh etishdi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida fuqaro M.M. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtotransport vositasining yukxonasida fuqaro M.M.ga tegishli bo‘lgan, umumiy qiymati 66,5 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 770 dona “Lirika 300 mg” nomli va 560 dona “Regapen 300 mg” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.

8000 dona “Tramadol Lannaxer 50 mg” nomli dori vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda bojxona postiga xorijdan kirib kelgan temir yo‘l vagonlari o‘rnatilgan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, poyezd tarkibidagi vagon g‘ildiragi orqa tag qismiga ustamonlik bilan yashirilgan 2 ta qora rangli polietilen paketlar bojxona xodimlarining diqqatini tortdi.

Mazkur polietilen paketlar ko‘zdan kechirilganda, ularning ichida 8000 dona “Tramadol Lannaxer 50 mg” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Tibbiy buyumlarni “yashil” yo‘lakdan olib o‘tish rejasi chippakka chiqdi

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Urganch aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro O.X. “yashil” yo‘lakdan o‘tayotganda, unga tegishli bo‘lgan sumka bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida maʼlum qilinmagan, tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmagan, 16 xil turdagi 44 dona tibbiyot buyumlari va 900 dona tibbiyot lezviyalari borligi aniqlandi.

Andijonda 63 million so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi qonunbuzilishi holatini o‘z vaqtida fosh etishdi.

Tadbir davomida Oltinko‘l tumani hududida harakatlanib ketayotgan fuqaro B.A. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda to‘xtatilib, transport vositasi saloni va yukxonasi ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, 420 quti “Imudon” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tadbir natijasida umumiy qiymati 63 000 000 so‘mlik “Imudon” nomli dori vositalari ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech